“Yosh sardor X” loyihasi ishtirokchilari Samarqandda

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Xitoyning “Hi China“ dunyo yoshlarini rivojlantirish forumi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etilgan “Yosh sardor X“ loyihasi ishtirokchilari Samarqand viloyatiga keldi.

Tashrif doirasida mehmonlarning Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayohati uyushtirildi. Ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyidagi eksponantlar bilan tanishar ekan, Xitoy va Samarqand aloqalarining juda qadimdan o‘rnatilganidan hayratlandilar.
Dastur loyihasiga ko‘ra, ishtirokchilari tomonidan Samarqand yoshlari uchun amaliy seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.