Yoshlar uyi kimlarga beriladi?

Mahmud Inog‘omov,

Samarqand shahri.

- “Yoshlar uylari” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyanomasi asosida beriladi. Buning uchun yosh oilalar quyidagi uchta asosiy talablarga javob berishi lozim.

Ya’ni:

- birinchi marta rasmiy nikohdan o‘tgan, Nizomga muvofiq, “Yoshlar”ning ko‘p kvartirali uylaridan kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olish uchun hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza berilgan paytda har birining yoshi 30 yoshdan oshmagan, shuningdek, imtiyozli ipoteka kreditini to‘lashga layoqatli er-xotinlar bo‘lishi;

- turar joy sharoitlarini yaxshilashga muxtojlar sifatida hisobda turgan (bunda quyidagi shartlardan birining mavjud bo‘lishi yetarli hisoblanadi:

1) er-xotinlar doimiy o‘tish joyi bo‘yicha yosh oila ijara shartlarida yashashi;

2) yashash uchun yaroqsiz binolardagi turar joyidagi joy bo‘yicha uy-joy mulkdori bo‘lmasligi;

3) oila a’zolari orasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq surunkali kasalliklarning o‘tkir shakllaridan azob chekuvchi va alohida kvartirada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning bor bo‘lishi) bo‘lishi;

- yosh oilada (er-xotinning birida yoki har ikkisida) Nizomning 4,7-band “z” kichik bandi talablariga muvofiqligini, ya’ni fan, san’at, adbaiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishganligini (qoidaga ko‘ra, davlat mukofotlari, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohiblari, nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari, tanlovlar va olimpiadalar sovrindorlari) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.

Yunusjon ISOMIDDINOV,

Viloyat Kengashi bo‘lim boshlig‘i.