Yoshlarni tahdidlardan asraylik

Bunday paytda yoshlarni o‘zligimizga, qadriyatlarimizga yot bo‘lgan zararli g‘oyalar, ularning ongini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlardan asrash har birimizdan mas’uliyat, hushyorlikni talab qiladi. 

Samarqand temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejida muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan targ‘ibot ishlari yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilmoqda. Bugungi kunda o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatayotgan, sezdirmasdan ongiga kirib borayotgan xatar – "ommaviy madaniyat" hisoblanadi. Bu xavfli dushman yoshlarni huquqbuzarlik, diniy ekstremizm, firibgarlik, giyohvandlik kabi illatlar sari yetaklashini misollar orqali ko‘rsatishga harakat qilyapmiz.
O‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatlarida ularga o‘z mulohazalarini erkin bayon etish imkoniyatini beryapmiz. O‘zaro savol-javoblar, bahs-munozaralarda yoshlar nafaqat yurtimizda, balki jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarga ham befarq emasligini ko‘ryapmiz. Ijtimoiy tarmoqlarda faol yoshlarni turli axborot xurujlari, zararli muloqotlardan asrash maqsadida ularni dunyodagi siyosiy jarayonlardan xabardor qilib borish uslubi ham samara bermoqda.