Yoz chillasida jaziramadan qanday himoyalanish mumkin?

25 iyundan 3 avgustgacha bo‘lgan qirq kunlik davr, xalq an’analariga ko‘ra, «chilla» yoki «saraton» deb ataladi, bu fors tilida «qirq kun» degan ma’noni anglatadi. «Chilla» — O‘zbekiston iqlimining ajralmas qismi.

25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati 40-42° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-45° gacha ko‘tariladi.

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati aholiga hozirgi jazirama issiqdan qanday himoyalanish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Quyoshda uzoq vaqt qolmaslikka harakat qiling, ayniqsa, kunning o‘rtasida. Agar buning imkoni bo‘lmasa, tanani va boshni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilishga harakat qiling.

Ko‘p suyuqlik iching, muzlatgichdan muzli ichimliklar emas, balki iliq suv yoki eng yaxshisi ko‘k choy iching.

Ko‘proq meva, sabzavotlarni iste’mol qiling. Juda achchiq va yog‘li ovqatlarni icte’mol qilmaslikka harakat qiling. Sovitish moslamalari bilan jihozlanmagan do‘konlardan mahsulotlarni xarid qilmang — ular quyoshda qancha vaqt bo‘lganini bilmaysizku?..

Konditsionerli xonada bo‘lganingizda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovuq havo oqimi tagida o‘tirmang va konditsionerni 18 darajadan past bo‘lmagan haroratga «dasturlang».

Yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlar dori-darmonlarni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.