Yozgi ta’til boshlandi, bolalar oromgohlari mavsumga shaymi?

Yozgi dam olish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish, bolalar salomatligini ta’minlash va ularning samarali hordiq chiqarishini yo‘lga qo‘yish maqsadida Urgut tumanida viloyatdagi barcha bolalar oromgohlari rahbarlari va mas’ullari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
Tumandagi “Chorchinor” dam olish oromgohida tashkil etilgan seminarda yozgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi masalalar muhokama qilinib, oromgohlar faoliyatining barcha jabhalarini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Asosan oromgohlardagi gigiyenik va sanitariya shart-sharoitlari, bolalar ovqatlanishining sifati va xavfsizligi, tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi, tarbiyaviy va madaniy-ma’rifiy tadbirlar sifati, shuningdek, xodimlarning professional tayyorgarligi va mas’uliyati muhokama markazida bo‘ldi.
Tadbir davomida oromgoh rahbarlari o‘zaro tajriba almashib, namunali ish uslublarini o‘rgandi.