Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yuguring, salomat bo‘lasiz!

Bulung‘ur tumanida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan shu shior ostida yugurish marafoni tashkil etildi.

Yarim mingga yaqin havaskor sportchilar ishtirok etgan 3 kilometrlik marafon g‘oliblari uchta yosh toifasida, erkaklar va ayollar o‘rtasida alohida-alohida aniqlandi.

Tuman tibbiyot birlashmasi havaskor-sportchilari xotin-qizlar uchun belgilangan barcha o‘rinlarni band etishdi.

Marafon yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.