YuNISEF G‘azoga dori-darmon bilan yordam bermoqda

"YuNISEF G‘azo sektoriga tibbiy vositalari yetkaza boshladi, ammo Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib borayotgan bir paytda ko‘proq yordam zarur", dedi YuNISEFning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika vakili Julet Tuma RIA Novostiga.

"Hozir biz qisman tibbiyot vositalari yetkazib beryapmiz. Ammo hali qilishimiz zarur bo‘lgan narsa - G‘azodagi barcha tibbiyot markazlari uchun tibbiy vositalarni safarbar etishdir", dedi Tuma.

G‘azo sektorida 13 ta kasalxona mavjud bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimi koronavirus pandemiyasi tufayli to‘lgan.

Isroil va Falastinning G‘azo sektori chegarasidagi vaziyat 10 may oqshomida keskinlashdi. Juma kuni kechqurun eskalatsiya boshlanganidan buyon G‘azo sektoridan Isroil hududiga 2000 ga yaqin raketa otilgan va taxminan 350 ta muvaffaqiyatsiz uchirish amalga oshirilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda yetti nafar tinch aholi va bitta askar halok bo‘ldi. G‘azo sektoriga ham Isroil yuzlab zarbalar berdi. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning zarbalari natijasida 126 falastinlik halok bo‘lgan, 950 dan ortiq kishi jarohat olgan.