Yuqori Chirchiq tumanida qurilayotgan karantin zonasining dastlabki LOTlari qurilib foydalanishga topshirildi (video)

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida qurilayotgan karantin zonasida 28 mart kuni xorijdan keladigan yurtdoshlarimiz uchun 560 ta joy tayyor bo‘ladi.
Ma’lumot berganimizdek, 27 mart kuni 650 nafar hamyurtimiz ushbu karantin zonasiga joylashtirildi.
Har kuni o‘rta hisobda chet eldan keladigan ikkita samolyot yo‘lovchilariga yetarli miqdorda joylar hozirlanadi.
Barcha kommunikatsiya tarmoqlari tortilmoqda. Bir tomoni foydalanishga topshirilib, ikkinchi tomonida qurilish ishlari ketmoqda.
Karantinga olingan qismi harbiylarimiz tomonidan qo‘riqlanmoqda.
Qurilish vazirligi bergan xabarga ko‘ra, Yuqori Chirchiqdagi 10 000 kishilik karantin zonasi qurilishida umumiy hisobda 5 000 nafar quruvchi ishlamoqda.