Yurak yaxshi xotiraga ega, u xo‘rsinishni biladi: inson yuragiga oid biz bilmagan faktlar
Kun davomida yuragingiz qariyb 100 000 marta qisqarishini va bu yumush inson hayoti davomida 2,5 milliarddan ko‘proq bajarilishini bilarmidingiz? Shu bilan birga u 160 million litr qonni haydab, o‘tkazib beradi. Bugun sizning “motor”ingiz haqida qiziqarli faktlar bilan tanishamiz.
Yuragingiz vazni gazlangan suv bankasidan kichikroq
Inson yuragining kattaligi ikki mushtga teng, og‘irligi esa 280 gramm. Qonni chiqarish va quyish klapanlarining o‘lchami taxminan 2 santimetr.
Mashg‘ulotlarning og‘irlik qilishi yurakdagi muammolarni ko‘rsatadi
Agar ketma-ket bir nechta mushg‘ulotlarda kutgan natijaga erisha olmasangiz, shifokor bilan maslahatlashing. Bu yurak mushagi bilan bog‘liq muammolarning belgisi bo‘lishi mumkin.
Yurak saratoni kamdan-kam uchraydi
Mayo klinikasining ma’lumotlariga ko‘ra, bu yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan holat. Ammo boshqa tana a’zolarining saratoni yurakka tarqalishi mumkin.
Kulgi yurak uchun foydali
Kulgi stress gormoni kortizol darajasini pasaytiradi, natijada arteriyalarda yallig‘lanish jarayonlari kamayib, “yaxshi” xolesterol darajasi oshadi.
Alkogol zarar!
Qizil uzum vinosi foydali antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Haftada uch stakan sharob arteriyalarni qo‘shimcha ravishda vayronagarchilikdan himoyalaydi. Spirtli ichimliklarning suiiste’moli yurak-qon tomir tizimiga zarar yetkazadi va yurak xurujiga olib kelishi mumkin.
Yurak yaxshi xotiraga ega
Bolalikdagi psixologik shikastlanish kelajakda yurak muammolariga olib kelishi mumkin. Masalan, Virjiniya texnologiya universiteti va Toronto universiteti olimlari qarindoshlari qamoqqa tushgan bolalarda yurak xuruji xavfi yuqori ekanligini aniqladi.
Yurak xo‘rsinishni biladi
To‘satdan sodir bo‘lib qolgan har qanday voqea singan yurak sindromi yoki stressni keltirib chiqaradigan kardiomiopatiyaga olib kelishi mumkin. Bunday holatda shifokor bemorga beta-blokatorlar buyurishi mumkin.
Yurakdagi sanchiqlar bitmaydi
Boshqa tana a’zolaridan farqli o‘laroq, yurak o‘zini davolay olmaydi. Shikastlanishi har daqiqada tobora kuchayib boraverishi sababli
yurak xurujini vaqtida davolash juda muhim.
Ortiqcha vazn yurak uchun har yoshda ham zarar
Yurak kasalligining belgilari, shu jumladan uning devorlarining qalinlanishi, hatto ortiqcha vaznga ega 8 yoshli bolalarda ham kuzatiladi. Unda kattalar haqida nima deyish mumkin?
Davolangach, u yangi kuch bilan ishlab ketadi
Yurak kasalligi va hatto unga qilingan jarrohlik amaliyoti sog‘lom hayotning tugashini anglatmaydi. Shifokorlar muvaffaqiyatli davolanishdan so‘ng, oddiy odamlar bilan teng ravishda triatlon va marafonda yuguradigan bemorlar borligini ta’kidlashadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.