Yurtimizda “Covid-19”dan sog‘ayish ko‘rsatkichi 87 foizga yetdi
Bugun 16 avgust 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 621 nafari sog‘aydi.
Jumladan:
Toshkent shahrida 382 nafar;
Toshkent viloyatida 216 nafar;
Buxoroda 15 nafar;
Andijonda 5 nafar;
Farg‘ona viloyatida 3 nafar statsionar va uy sharoitida davolanayotgan bemorlar kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Shunday qilib ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 30 664 nafarga, sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 87 foizga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.