Yurtimizda koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar soni 2213 nafarga yetdi
Xorazm viloyatida 18 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning 5 nafari Xorazm viloyatidan, 2 nafardan Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 1 nafardan esa Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan. Ulardan 13 nafar fuqaro Rossiyadan kelgan, jumladan, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, 11 nafari charter reyslar orqali yurtimizga olib kelingan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. 5 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning eng yoshi kattasi 54, yoshi kichigi esa 19 yoshda.
Viloyatda shu paytga qadar 210 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 228 nafarga yetdi. Hozirda Xorazmda 5 nafar bemor davolanmoqda.
Shunday qilib, bugun 55 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2213 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.