Yurtimizda koronavirusdan sog‘ayganlar 42 ming nafardan oshdi

2020 yil 9 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44781 (+224) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 204 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 56 yoshli E.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli Z.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 167 nafar, Toshkent viloyatida 69 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Namangan viloyatida 8 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 42162 (+264) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2255 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.