Yurtimizda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 39 ming nafardan oshdi
🔺2020 yil 31 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41787 (+136) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining 128 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
🔴Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli F.M. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 58 yoshli S.N. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
❗️E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 132 nafar, Toshkent viloyatida 109 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi.
❗️Shunday qilib yurtimizda 39068 (+249) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 2400 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.