Yurtimizda koronavirusga chalinish holati ko‘paymoqda, 8 nafar bemor vafot etdi

🔺 Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 27 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 126 627 (+843) nafarni tashkil etmoqda.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 80 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 21 nafari Andijon viloyatida,
📌 21 nafari Buxoro viloyatida,
📌 89 nafari Jizzax viloyatida,
📌 24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 18 nafari Navoiy viloyatida,
📌 31 nafari Namangan viloyatida,
📌 85 nafari Samarqand viloyatida,
📌 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 95 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 75 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 56 nafari Xorazm viloyatida,
📌 98 nafari Toshkent viloyatida,
📌 123 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️Bundan tashqari, 556 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

♻️ Kecha respublikasi bo‘yicha 825 nafar, shundan Samarqand viloyatida 158 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 121 145 nafarga yetdi, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.