Yurtimizda yana uch egizak dunyoga keldi

Qarshi shahar tug‘ruq komleksida uch nafar egizak dunyoga keldi, deb xabar bermoqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.

Chaqaloqlarning onasi - chiroqchilik 25 yoshli Durdona Boboqulova. U bir yo‘la bir o‘g‘il,  ikki qizli bo‘ldi. Chaqaloqlar vazni - 2900, 2650, 2600 gramm.

Tug‘ruqxona bosh shifokori Salima Achilovaning ma’lum qilishicha,  uch egizakning ham ahvoli  yaxshi.