Yusupaliyev Rossiya vaksinasi haqida: Ikki haftalardan so‘ng biron bir qarorga kelish mumkin

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘ribosari, sanitariya-epidemiologiya ta’minoti Agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev, O‘zbekiston tomonidan Rossiyada ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi vaksinani sotib olish ehtimoliga izoh berdi. Bu haqda Sputnik.uz nashri xabar berdi.

U respublika hukumati pandemiyaga qarshi kurashda yoki jamoaviy immunitet yoki mamlakat aholisi immunizatsiyasiga olib keluvchi vaksinatsiya zururligini yaxshi tushunib turganini ta’kidladi.

“Bir qator boshqa mamlakatlar, shu qatorda XXR ham u yoki bu vaksinani uchinchi klinik sinovlarida ishtirok etish taklifi bilan bizga murojat qildilar. Ayni vaqtda hamkasblarimiz, uchinchi bosqichda ishtirok etish yoki barcha sinovlar omadli yakunlanganidan so‘ng tayyor vaksinani sotib olish masalalarini ko‘rib chiqmoqda”, dedi Yusupaliyev intervyuda.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, ayni vaqtda Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinani sotib olish ehtimoli o‘rganilayotganligini ma’lum qildi.

“Qaror qachon qabul qilinishi mumkin?” degan savolga u “muhokama jarayoni mutaxassislar va hukumat darajasida davom etmoqda”, deb javob berdi.

“Ehtimol, ikki haftalardan so‘ng biron bir qarorga kelish mumkin”, - qo‘shimcha qildi Yusupaliyev.

Shuningdek, u ayni vaqtda hukumat vaksina sotib olish uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqayotganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz: dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi vaksina rossiyalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqildi va 11 avgust kuni rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Vositaga “Sputnik V” nomi berilgan.