Zamonaviy laboratoriyalarda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar samara beryapti
Bugungi kunda universitetimizda jahon andozalariga mos bo‘lgan 13 ta zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bunday laboratoriya jihozlari yordamida ko‘plab laboratoriya tekshiruv tahlillari, turli shakllardagi dori-darmonlarni tayyorlash, biotexnologik jarayonlarni aniqlash va mahsulotlar ishlab chiqarish kabi tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy asbob-uskunalarga asoslangan holda oldimizda turgan asosiy vazifalarimizdan biri sifatida aytadigan bo‘lsak, universitetimiz olimlari, magistrlar va doktorantlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlarni soha amaliyotidagi mavjud muammolarni yechimlariga qaratishimiz zarur. Chunki yakunlangan ilmiy-tadqiqod ishlari amaliyot bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va iqtisodiy samara berishi zarur.
Hozirgi kunda ushbu sohani rivojlantirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yilning har bir oyida fundamental, innovatsion va amaliy ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tanlov e’lon qilib borilmoqda. Vazirlik tomonidan tanlovda g‘olib bo‘lgan ilmiy mavzularda qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarish davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Aytmoqchimizki, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va uni rivojlantirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilgan. Faqat bizdan izlanish, harakat va mehnat talab qilinadi.
Yu.Salimov, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti kafedra mudiri.