Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

@zarafshonbot ga murojaat: Yo‘limiz ta’mirsiz qolib ketyapti

Jomboy tumani Kattaqishloq mahallasi Uzunovul qishlog‘idan murojaat qilyapmiz.

Yaqinda Jomboy tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2021 yilgi davlat dasturi asosida qishlog‘imizning ichki yo‘llarini joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Avval boshda korxona injenerlari barcha ko‘chalar ta’mirlanishini aytishdi. Keyin qishlog‘imizning namunaviy loyiha asosida qurilgan uylarga olib boruvchi yo‘ldan qishlog‘imizning ayrim hududlariga olib boruvchi 662 metr ichki yo‘limizni qanday bo‘lsa, shundayligichaq oldirib ketishdi.

Negaligini bilmay sarsonmiz. Axir, bu ko‘cha ham ta’mirlansa, shu hududda yashovchi ko‘pchilik aholiga avtotransport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratiladi-ku. Bu yo‘l hozirda ta’mirtalab ahvolda. Bu ko‘cha nega qolib ketganligini bilish uchun mutasaddi idoralarga murojaat qildik, ammo na javob bor, na yo‘l ta’miridan darak bor. Rosti, qog‘ozlarda “Uzunovul qishlog‘ining barcha yo‘llari to‘liq ta’mirlandi”, deb “protokol” to‘ldirilib, amalda qishlog‘imiz yo‘llari yana uzoq yillar ta’mirlanmay azob chekishimizdan tashvishdamiz.

   Baxtiyor Rabbimov,

Jomboy tumani Uzunovul qishlog‘i.