«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 12 noyabr, №142) sonida o‘qing
10-11 noyabr kunlari Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi o‘tkazildi. Anjumanda ishtirok etgan O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Shvetsiya, Hindiston, Filippin, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ekspertlarining xulosasi shunday bo‘ldi: «Rossiya Yevrosiyodagi yirik mamlakat bo‘lsa-da, hududdagi davlatlar bilan o‘zaro munosabatlardan xoli rivojlana olmaydi. Mintaqa markazida joylashgan O‘zbekiston bilan keng miqyosli hamkorlik mavjud muammolarni ijobiy hal etishda muhim o‘rin tutadi. “Valday” konferensiyasi buning uchun qulay imkoniyatdir».
***
Samarqand shahrida yo‘nalishsiz taksilarda nega taksometr yo‘q? Bu savolga viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i Inatillo Hamroyev qanday javob berdi?
***
O‘ttiz yildan beri bitta maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars berib kelayotgan o‘qituvchi «nopedagog»ligi tufayli ishdan chetlashtirildi. 60 yoshni qoralab qolgan tajribali muallim endi qayta tayyorlov kursida o‘qishi kerak ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri? Tafsilotlar bilan «Direktor va o‘qituvchi nega kelisholmayapti?» maqolasida tanishing.