«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 19 dekabr, №159) sonida o‘qing

Ish bor, lekin ishchi qani? Ishonmayapsizmi? Mana misol: Samarqand shahridagi «Afrosiyob jins» korxonasi vakili Farhod Hamroyevning aytishicha, korxona 400 nafar ishchiga muhtoj. Buning uchun joylarga e’lon berilgan. Asosan xotin-qizlar ishga olinadi, sababi, korxona tikuvchilik yo‘nalishida. Xodimlar bepul tushlik va transport bilan ta’minlanadi. Ko‘pchilik ish yo‘q, qayerda ishlashimiz kerak, degan fikrlarni bildiradi. Lekin shuncha ish o‘rni boru, ammo ishlashga odam topilmayotganiga nima deysiz?

***

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylov bo‘yicha siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda. 

Xo‘sh, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning, umuman, partiyaning saylovoldi dasturi qanday? Gazetamizning ushbu sonida mazkur partiyaning g‘oya va maqsadlari, deputatlarning dasturlari haqida o‘qiysiz.

***

Sayid, xo‘ja, eshon. Kim ular? «Sayid» etnonimi payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom shaxslariga xos avlodlarni ifodalaydi. Xo‘sh,”xo‘ja” atamasi ma’nosining o‘zi va bu ma’noga tegishli shaxslar kimlar? «Eshon» etnonimi-chi? Gazetamizning shu sonida filologiya fanlari doktori, professor U.Sanaqulovning bu boradagi izlanishlari, fikrlari bilan tanishasiz.