«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 26 dekabr, №162) sonida o‘qing
2019 yil 22 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashiga saylangan deputatlar ro‘yxatga olindi. Ular bilan gazetamizning ushbu sonida tanishishingiz mumkin.
Faqat 5 ta saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka nomzodlardan birontasi ham saylanish uchun zarur bo‘lgan ovozlarni to‘play olmaganligi bois 2020 yilning 5 yanvar - yakshanba kuni 1-Bog‘ibaland, 5-Sartepa, 22-Jo‘sh, 50-Do‘stlik hamda 45-Arabxona saylov okruglarida takroriy ovoz beriladi.
***
Yangi yil bayrami arafasida dehqon bozorlarida tashkil etilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasidan biror mahsulot xarid qildingizmi? Qoramol go‘shti - 40 ming so‘m, tovuq go‘shti - 18 ming so‘m, boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari belgilangan narx asosida bozordagidan 500-1000 so‘mgacha arzon. Ammo bularning sifati sizni qoniqtiryaptimi? Yarmarkalarning birortasida savdo terminallari yo‘qligi ularga biriktirilgan bank xodimlarini nega tashvishlantirmayapti?
***
Hozirda majburiy mehnat taqiqlandi, shuningdek, majburiy obuna ham. Ammo majburiy mehnat taqiqlangani mehnat qilmasdan yashash degani emas va mos ravishda, majburiy obuna bekor qilingani obuna bo‘lmaslik kerak degani ham emas. Ayrimlar obuna bo‘lish masalasi haqida gap ketganda «Hamma narsa internetda bor-ku, gazeta nimaga kerak?» deydi. Haqiqatan ham internet yaxshi. Ammo internet gazeta yoki jurnal o‘rnini bosa olmaydi.