«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 1 fevral, №14) sonida o‘qing
«Bugungi sayyor qabul joylarda xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla faollari tomonidan aholi muammolarini o‘rganish masalasi keyingi paytda o‘z holiga tashlab qo‘yilganini ko‘rsatdi. Chunki aksariyat xotin-qizlar maishiy va oilaviy muammolar bo‘yicha murojaat qilishdi. Axir bunday muammolarni mahallaning o‘zida hal etsa bo‘lardi. Shuningdek, tumanda gaz va elektr energiyasi yetkazib berishda ham muammolar ko‘pligi sezilib turibdi». Bu viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Paxtachi tumani aholisi uchun o‘tkazgan sayyor qabulining xulosasi bo‘ldi.
* * *
Jomboylik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, janggohlarda jasorat ko‘rsatib, 24 yoshida qahramonlik unvoniga sazovor bo‘lgan o‘zbek o‘g‘loni Ahmadjon Qurbonov haqida nimalarni bilasiz? Belorussiya, Varshava hamda Shimoliy Prussiya chegaralarida bo‘lgan janglardagi qahramonliklari haqida o‘qiganmisiz? Keling, gazetamizning uchinchi sahifasida o‘zbekning mard, yengilmas, jasur o‘g‘loni haqidagi «Ahmadjon Qurbonov kim bo‘lgan? Yoki 24 yoshli qahramon» maqolasini o‘qing va u haqidagi xotiralaringizni yodga oling.
* * *
O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashev… Siz o‘zbek kino san’ati klassigi, betakror san’atkorni «Nashtar» hajviy jurnali, «Oy borib, omon qayt!», «Buyruq, o‘t ochilmasin!», «Abdullajon», «Kichkina tabib» kabi filmlardagi rollari orqali yaxshi taniysiz. Ammo aktyorning kino san’atiga qanday kirib kelganini, talqin qilgan obrazlar qanday yaratilganini, nima uchun ko‘plab filmlarda harbiylar rolini ijro etganini, o‘zi tug‘ilgan yurt – Urgutga mehri nechog‘li ekanini bilasizmi?