Boshqalardan 950 yil "oldin yashaydigan" mamlakat...
Bu davlat – Marokash. U juda ko‘p o‘ziga xos va turli xil xususiyatlarga ega. Masalan, marokashliklar hozirda 2975 yilda yashamoqda.
Jahon taqvimiga o‘xshash rasmiy kalendardan tashqari, mamlakat aholisining ko‘p qismini berberlar tashkil qiladi. Shimoliy Afrika berberlari tomonidan ishlatiladigan ushbu kalendarga ko‘ra, hozir ularda 2975 yil.
Butun mamlakatda 3 nafar milliarder va 4500 nafar millioner bor
Henley&Partners (yashash va fuqarolikni rejalashtirish xalqaro kompaniyasi) ma’lumotiga ko‘ra, Marokash Afrika shaxsiy boyliklarining 50 foizidan ortig‘iga egalik qiladi. Hisobotga ko‘ra, Marokashda millionerlar soni 4500 nafarni tashkil etadi, mamlakatda 3 nafar milliarder istiqomat qiladi.
Dunyodagi eng qadimiy universitet
Milodiy 859 yilda badavlat savdogarning qizi Fotima al-Fihriy Fes shahrida dunyodagi eng qadimgi Al-Qarauin universitetiga asos solgan. Ushbu dorilfunundan musulmon va jahon madaniyati rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan bir qator olimlar, faylasuflar, dinshunoslar yetishib chiqdi. Yevropa an’analaridan farqli o‘laroq, eski arab universitetlarida ilmiy darajalar berilmagan. Faqat 1947 yilga kelib Al-Qarauin Yevropa tushunchasidagi “universitet”ga aylandi.
Cho‘llar, qorli tog‘lar va okeanlari bor makon
Ushbu go‘zal mamlakatga kelgan sayyoh mamlakatning har bir hududiga xos bo‘lgan ajoyib go‘zallikka ega ko‘plab noyob landshaftlarga uchraydi. Bu yerda siz okeanda syorfing uchish, cho‘lda tuyalar bilan sayr qilish, tog‘larda chang‘ida uchish, palma o‘rmonlari bo‘ylab sayr qilish va boshqa ko‘p narsalarni topishingiz mumkin. Marokashdan 75 kilometr uzoqlikdagi Atlas tog‘larining qoq markazida Oukaymeden tog‘-chang‘i kurorti joylashgan.
Rejissyor va kinematograflar uchun "jannat"
Marokash o‘zining go‘zal tabiati va xilma-xil landshaftlari bilan har doim dunyodagi eng mashhur kinorejissyorlarni o‘ziga jalb qilgan. 1983 yildan beri dunyodagi eng yirik kinostudiyalardan biri "AtlasStudios" "Gladiator", "Aleksandr", "007: sharpa" filmlari va "Taxtlar o‘yini" teleseriallari uchun dekoratsiya joyi sifatida xizmat qilib kelmoqda.
Sevgi ramzi yurak emas, jigar
Butun dunyo bo‘ylab odamlar sevgi izhor qilish uchun yurakdan foydalanadilar, lekin faqat Marokashda emas. Bu yurtda sevgi ramzi yurak emas, jigar hisoblanadi. Sog‘lom jigar ovqat hazm qilishga yordam beradi va salomatlik garovi deb ishoniladi. “Jigarimni zabt etding” iborasi rasman bu yurt odamlarining sevgi izhorini anglatadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.