«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 14 yanvar, №5) sonida o‘qing
Bugun – Vatan himoyachilari kuni. Xo‘sh, harbiylarga qanday imtiyozlar berilgan? Tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi qanday bo‘lmoqda? Bayram oldidan Markaziy harbiy okrug, xususan, viloyatimizda vatanparvarlik oyligi doirasida qanday tadbirlar amalga oshirildi? Yoshlar orasidan muddatli harbiy xizmatga saralash jarayonlarining keyingi yillarda takomillashtirilishi nimalarda o‘z aksini topmoqda? Shu kabi savollarga Markaziy harbiy okrugga qarashli harbiy qism komandir o‘rinbosari Ruslan Rashidovning javoblari qanday bo‘ldi?
***
Har gal men uchun qadrdon bo‘lib qolgan viloyat Matbuot uyiga kirar ekanman, eshik oldida navbatchilik qilib turgan ukalarimdan gazeta so‘rayman. Ular orasida, albatta, «Ovozi Samarqand» ham bo‘ladi. Gazetaga ko‘z yugurtiraman. Hamma uchun zarur maqolalarni topib o‘qishga tutinaman. Ulardan zavq olaman. Chop etilgan maqola, xabar va yangiliklar bir-biridan maroqli hamda shu kunning nafasini qalbimga singdiradi. Tanlangan suratlar, materiallarning joylashuvi, alalxusus, matnlardagi so‘zamollik va topib aytish mahorati kechagi kun gazetasi emasligini eslatadi…
***
Ikki kundan buyon yoqqan qor tufayli havo sovib, aholi xonadonlarida gaz bosimi pasayib ketdi. Bu esa ayniqsa, Samarqand shahridagi ko‘p qavatli xonadonlarda yashovchilarning asosiy muammosiga aylandi. «Hududgaz Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyatining Samarqand shahar bo‘limida bo‘lgan muxbirimiz shu masalada shikoyat qilib kelganlar anchagina ekanligini ko‘rib, ular hamda «Hududgaz Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyati mutasaddilari bilan gaplashdi. Xo‘sh, sovuq kunlarda xonadonlarimizda tabiiy gaz bosimi yaxshi bo‘ladimi?