«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 18 aprel, №45) sonida o‘qing
Yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida e’lon qilingan karantin sabab ko‘pgina korxonalarda ishlar susaydi. Ammo mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi real daromadlarini oshirish hamda ehtiyoji qondirish uchun ishlab chiqarish jarayonlari davom etishi kerak. Shu maqsadda keyingi kunlarda davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarda karantin davrida ham belgilangan tibbiy tavsiyalarga amal qilgan holda yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini davom ettirishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Xo‘sh, bugungi kunda Past Darg‘om tumanidagi sanoat korxonalarining faoliyati qay darajada? Tumanda 573 ta sanoat korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Ularning nechtasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda?
***
2022 yilda aholi ro‘yxatga olinadi. Bu haqda qonun qabul qilindi. Xo‘sh, aholini ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi? Bu jarayonga tayyorgarlik qanday? Aholini ro‘yxatga olish bilan kimlar shug‘ullanadi? Qancha vaqt davom etadi?
Undan kutilayotgan natija nimlardan iborat?Aholini ro‘yxatga olish, unga doir materiallarni qayta ishlashga, natijalarini olish va e’lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash qaysi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi?
***
“Karantin tugagach, birinchi navbatda qaysi ishni rejalashtirayapsiz?”. Ayni karantin kunlarida ko‘pchilik hayoti, yashash tarzi haqida chuqurroq o‘ylab ko‘rishi uchun imkon paydo bo‘ldi. Turli cheklovlar, ko‘chaga huda-behuda chiqmaslik esa avval qay munosabatlarda xato qilganimizni, qaysilarini qadrlamaganimizni ham o‘ylab ko‘rishimiz uchun vaqt berdi. Shu nuqtai nazardan, muxbirimiz yurtdoshlarimizga ana shunday savol bilan murojaat qildi. Javoblar xilma-xil, ularni bir o‘qib ko‘ring: karantin nafaqat moddiy, balki ma’naviy dunyoqarashimizga ham daxl qilganini bilasiz.