«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 25 fevral, №25) sonida o‘qing
Endi davlat xizmatiga ishga kirish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinadigan shaxslar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishmasdan turib lavozimdan ozod qilinishi mumkin emas. Aksincha, davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo‘linmalarining rahbarlari ushbu agentlik va ularning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Xo‘sh, nega bunday talab qo‘yildi?
***
“Obod qishloq” dasturi asosida 2019 yilda Past Darg‘om tumanidagi Beklar, Go‘zalkent va Eski Juma qishloqlarida aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash bo‘yicha ish olib borildi.
Dastur asosida “Usta me’mor kapital ta’mir” mas’uliyati cheklangan jamiyati tumanning Beklar mahallasida shifokorlar uyini qurdi. Lekin korxona qurilish uchun tenderda ko‘rsatilgan 1 milliard 130 million so‘m mablag‘dan hozirgacha 150 million so‘mini olgan, xolos. Qurilishni asosan o‘z hisobidan amalga oshirgan qurilish korxonasiga mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘ qachon beriladi?
***
Fuqaro o‘zi qurgan uy-joyni o‘z hisobidan buzdi. Gap shundaki, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Alijon qishlog‘ida yashovchi fuqaro Bo‘ston massivi hududidan noqonuniy ravishda 0,16 gektar yer maydonini egallab olib, 0,03 gektar maydoniga uy-joy qurib, foydalanib kelgan. Uning o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yeri bilan bog‘liq masala sudda ko‘rilgach, sud uyni buzish lozimligi haqida qaror chiqardi...