«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 25 yanvar, №10-11) sonida o‘qing
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalariga Murojaatnoma yo‘lladi. Unda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida mavjud bo‘lgan muammo va kamchiliklar, ularni samarali yechimi bo‘yicha aniq va ravshan ko‘rsatib berildi. Murojaatnomada mamlakatimizni yaqin istiqbolda rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishlar bo‘yicha nuqtai nazari bayon qilindi. Unda raqamli iqtisodiyotdan tortib, har bir oilani uy-joy bilan ta’minlashgacha bo‘lgan masalalarni ko‘tarilgani, xalq qayg‘usi, fuqaro manfaati birlamchi vazifa qilib qo‘yilgani barchani ruhlantirdi.
***
Qassobxonadan arzon va sifatli go‘sht olishni xohlaymiz. Lekin go‘sht arzonmi? Bugungi narxda har kuni qozonga soladigan go‘sht sotib olishga hammaning qurbi yetadimi? Go‘shtni arzon qilish uchun nima qilish kerak? Chetdan naslli qoramol olish orqalimi? Buning uchun katta mablag‘ sarflash to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri? Mahalliy qoramol bilan zotdor molning farqi nimada? Soha rivojiga to‘siq bo‘layotgan qanday muammolar bor?
***
Samarqand tumani “Chumchuqli” mahalla fuqarolar yig‘inida ishlash uchun yetarli sharoit yo‘q. Nega deysizmi? Chunki yig‘in xodimlari – rais, kotib, posbon, xotin-qizlar bo‘yicha mutaxassis va profilaktika inspektori mahalladagi choyxonaning bir xonasida tiqilishib ishlaydi. Bu haqda tumanda bilmaydigan tashkilot yoki mutasaddi yo‘q. Xo‘sh, bu masala qachon va qanday hal etiladi? Bu haqdagi tafsilotlar bilan «Chumchuqli mahallasi qachon o‘z binosiga ega bo‘ladi?» maqolasi orqali tanishing.