«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 4 fevral, №15) sonida o‘qing

Samarqand davlat chet tillar instituti o‘zini o‘zi moliyalash tizimiga o‘tishga tayyormi? Bu borada institut rektori Ilhomjon To‘xtasinov qanday rejalarni amalga oshirmoqchi? O‘zini o‘zi moliyalashtirayotgan institutlar mablag‘larini nimalarga sarflaydi? Institut bu tizimga o‘tsa, talaba qabul qilish imkoniyati kengayadimi yoki kamayadi? Talaba to‘lov shartnomasi asosida qarzdor bo‘lib qolsa, unga nisbatan qanday chora ko‘riladi?

***

Samarqand shahri Zarafshon mahallasidan yangi uy sotib olgan Qo‘zi Miromov olti yildan buyon halovatini yo‘qotgan. Sabab - elektr energiyasi masalasi. Svet yo‘qmi, dersiz. Aslo! Svet bor, gap elektr hisoblagichda. Uyning avvalgi egasi «Svetdan qarzi yo‘q», degan ma’lumotnoma bergan, hatto o‘zi ham Samarqand shahar elektr tarmoqlari korxonasidan qarzdorlik bor-yo‘qligi haqida hujjat olgan. Ammo yillar o‘tib, uni oz emas-ko‘p emas, naqd 2 million 312 ming 640 so‘mga qarzdor qilishdi. Voqealar tafsiloti, muammo va yechim haqida «MIB. “Energosotish”. Iste’molchi. Haqiqat uchburchakning qaysi tomonida?» maqolasi orqali tanishing.

***

Siz ertalab piyoda yoki velosipedda sayr qilasizmi? Qayerda badantarbiya bilan shug‘ullanasiz? Piyoda yurish yoki yugurish uchun bog‘ va xiyobonlardan foydalanish mumkin. Ammo velosipedda sayr qiluvchilar uchun bugun na Samarqand shahri, na boshqa tuman va shaharlarda maxsus yo‘laklar bor. Nima, xorijiy mamlakatlardagi kabi bizda ham bog‘ va xiyobonlarning bir qismida sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus maydoncha tashkil etib bo‘lmaydimi? Yoki oddiygina sport uskunalari o‘rnatish shunchalik murakkabmi?