«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 4 yanvar, №1) sonida o‘qing

Viloyat hokimi E.Turdimov yilning birinchi ish kunini yoshlar muammolarini hal etishga bag‘ishladi. Xususan, Samarqand shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida joylarda yoshlar bilan uchrashuvlarni har hafta o‘tkazish lozimligi, o‘tkazganda ham nomigagina emas, og‘ir sharoitda yashayotgan, muammolari mavjud, yordamga muhtoj, uyushmagan yigit-qizlar ishtirokini ta’minlagan holda tashkil qilish, ularning muammolarini hal etish, loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, hokim «Chorshanba – yoshlar kuni», deb e’lon qilinishini taklif qildi.

***

Viloyatimiz shahar va tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan Xalq qabulxonalari 2019 yilda qanday ishladi? Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni nechog‘li yo‘lga qo‘ydi? Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish, ortiqcha vaqt yo‘qotishi va turli idoralar o‘rtasida sarson bo‘lishining oldini olish uchun munosib xizmat qila oldimi? Umuman, Xalq qabulxonalariga yil davomida qancha murojaat kelib tushdi? Ularning yechim qanday bo‘ldi?

***

Samarqand shahriga tez-tez kelib turasizmi? Registon maydoniga-chi? Bu yerdagi Mirzo Ulug‘bek, Tillakori, Sherdor madrasalari devorlaridagi arab imlosida yozilgan naqshinkor bitiklarga ko‘zingiz tushganmi? Sizningcha, bu bitiklarda qanday ma’no aks etgan? Gazetamizning uchinchi sahifasidagi «Madrasalar devorlarida qanday misralar bitilgan?» maqolasini o‘qisangiz bunga javob topasiz.