Zarbalar davom etmoqda
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh bazalariga yangi hujumlar to‘lqinini boshladi. Bahrayn, Quvayt, Abu-Dabi va BAAdagi Dubaydagi nishonlarga zarba berilgan.
AQShning Quvaytdagi elchixonasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bor.
Shu bilan birga, Abu-Dabi shahrida ham kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Hujumlar ro‘y berayotgan shaharlardan odamlar ommaviy chiqib ketishmoqda. Yo‘llarda tirbandliklar hosil bo‘lgan.
Isroil esa Livanga aviahujum amalga oshirgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabaricha, 31 kishi halok bo‘ldi, 149 kishi jarohatlandi.
Donald Trampning yangi videomurojaatida aytishiga ko‘ra, Eronga qarshi harbiy operatsiya maqsadlari to‘liq amalga oshirilguncha davom etadi.
U Eron harbiylarini qurolni topshirishga va to‘liq xavfsizlikka erishishga chaqirdi. Aks holda ularni qat’iy oqibatlar kutayotganini va bu “juda yomon” bo‘lishini ta’kidladi.
Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi rahbari Ali Larijoni o‘z mamlakati Vashington bilan muzokara olib borish niyatida emasligini aytdi.
Larijoni marhum Oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiyning maslahatchisi bo‘lgan va hozirda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashiga rahbarlik qiladi.