Zelenskiy amaldorlar kabinetida o‘zining portreti bo‘lishini istamasligini aytdi

Xabaringiz bor, bugun Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Zelenskiy qasamyod qabul qildi.
Qasamyod qabul qilib bo‘lganidan so‘ng u parlamentni tarqatib yubordi va bir nechta muhim sohalarda vazirlarni iste’foga chiqardi.
Shundan so‘ng, u mamlakatdagi barcha mas’ul shaxslarga qarata: "Mening portretimni kabinetingizning to‘riga ilib qo‘ymasangiz xursand bo‘lar edim", degan.
"Men judayam xohlardim, xonalaringizda suratimni ham, portretimni ham ilib qo‘ymasangiz. Prezident bu portret yoki ikona emas. Mening portretimning o‘rniga bolalaringizning, oilangizning rasmini portret qilib iling va har bir qaror chiqarishingizdan oldin to‘g‘ri qilayapsizmi yoki yo‘qmi, ularning ko‘zlariga qarang" degan u.