Zelenskiy: Biz keskinlashuvga tayyormiz
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mandatining birinchi yarmi tugashiga bag‘ishlangan matbuot anjumanidagi nutqida «mamlakat sakkiz yildan beri Rossiya bilan urush holatida», dedi. Shuningdek, u Rossiya bosqinining ehtimoli haqidagi savolga javob berdi:
- Ba’zi ommaviy axborot vositalari «ertaga urush bo‘ladi», deb qo‘rqishadi. Ishonchingiz komil bo‘lsin, biz chegaralarimizni to‘liq nazorat qilamiz. Va, ular har qanday keskinlashuvga to‘liq tayyor.
Yaqinda ukrainalik harbiylar Kiyev nazorati ostidagi Donbass hududida tank o‘q otish mashqlarini o‘tkazdi va jangovar topshiriqlarni bajarishga tayyorligini ma’lum qildi.
NATO rahbariyati esa Rossiya bilan ziddiyat kuchaygan taqdirda ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da bermoqda:
- Biz buni diqqat bilan kuzatyapmiz, ma’lumot yig‘moqdamiz va almashmoqdamiz. Shuningdek, Rossiya keskinlikni pasaytirishi, deeskalatsiya va shaffoflikni ta’minlashi, Ukrainaga qarshi har qanday kuch ishlatish yomon oqibatlarga olib kelishi va qimmatga tushishini hisobga olishi kerakligi haqida aniq signal yubormoqdamiz.
O‘z navbatida, Rossiya rasmiylari “Ukrainaga hujumi tayyorlanayotgani haqidagi xabarlarni uydirma. Rossiya hech kimga hujum qilmoqchi emas”, deya ta’kidladi.