Zelenskiy Putinning Rojdestvo bayramida o‘t ochishni to‘xtatish buyrug‘i niqob ekanini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga Ukrainada 36 soat davomida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qilishni topshirgan edi. O‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilgan Putin, Rus pravoslav cherkovi rahbari Patriarx Kirillning iltimosiga ishora qilgan.

Avvalroq, dekabr oyi o‘rtalarida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina bilan Yangi yil yoki Rojdestvo sulhini tuzish masalasi muhokama qilinmayotganini aytgandi. "Hech kimdan taklif tushmagan va bunday mavzu kun tartibida ham yo‘q", degan edi u o‘sha paytda jurnalistlarga.

Ukraina Prezidentining ofisida Patriarx Kirillning murojaati "bema’ni tuzoq va tashviqot elementi" deb nomlashgan.
Zelenskiyning idorasi Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga “Munofiqliging o‘zingga siylov” degan so‘z bilan javob bergan va bu harakatni niqob deb baho bergan.

Ukraina Rossiya Federatsiyasi bilan Rojdestvo sulhini muhokama qilmasligini Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov ma’lum qilgan. “Keling, amaliy tilda gaplashaylik. Ular bu sulhni kimga taklif qilmoqda? O‘z o‘zigami", degan Danilov va rus qo‘shinlariga "lash-lushini yig‘ishtirib" uyga qaytishni taklif qilgan. "Ular bilan hech qanday muzokaralar bo‘lmaydi..." deya qo‘shimcha qilgan u.

Bu Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan keyin butun front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi birinchi e’lonidir. Bu qarorni Putin Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Yerdo‘g‘on bilan muzokaradan so‘ng ma’lum qilgan.

Agar Ukraina o‘t ochishni to‘xtatishni rad etsa, Rossiya armiyasi sulhga rioya qiladimi yoki yo‘qmi, noma’lum. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Putinning Rojdestvo bayrami munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi buyrug‘i bajarishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR rahbari Denis Pushilin gap faqat o‘t ochishni to‘xtatish haqida ketayotganini ta’kidladi. “Qaror biz tomonimizdan o‘t ochishni to‘xtatish yoki hujumkor harakatlarga tegishli. Ammo bu - biz dushman provokatsiyalariga javob bermaymiz, degani emas!” degan u.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Rossiyaning Rojdestvo sulhiga oid taklifi tinchlik "istiqbolini" yaqinlashtirmasligini aytdi. Buni Ukraina Rojdestvo sulhini to‘xtatish g‘oyasidan voz kechgani va buni Rossiyadagi pozitsiyalarini mustahkamlash uchun front chizig‘idagi "qopqon" deya atashi ayon qilmoqda.

AQSh maxsus operatsiya zonasida Rossiya taklif qilgan Rojdestvo sulhini beadablik deya hisoblaydi, dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Rossiya qayta guruhlash uchun vaqtinchalik pauzalardan foydalanish niyatida. “Agar bu jangchilarni tayyorlash niyatida qilinayotgan bo‘lsa, buni sulh sifatida ko‘rib bo‘lmaydi”, dedi Prays.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok esa Putinning bayonotini keskin tanqid qilgan: "Putin qisqa tanaffusdan keyin urushni davom ettirish niyatida ekanligi aniq. Agar Putin tinchlikni istasa askarlarini uyiga olib ketardi va urush tugardi" degan Berbok.