Zelenskiy Qrimni qaytarib olishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi

Ukraina Qrimni qaytarish uchun harbiy harakatlarga tayyorlanmoqda, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

"Harbiy qadamlar bor, biz ularga tayyorlanyapmiz. Texnikaviy tayyorgarlik ko‘rilyapti, qurol-yarog‘, kuchaytirilish, brigadalar tuzish, turli toifadagi hujum brigadalarini shakllantirish, odamlarni mashg‘ulotlarga jo‘natish, nafaqat Ukrainada, balki boshqa davlatlarda ham amalga oshirilmoqda”, dedi Zelenskiy OAV uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qrimni bu yil bosib olish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berar ekan. Biroq bu borada muddat haqida ma’lumot bermadi.

2022-yilning noyabrida Zelenskiy Britaniyaning Financial Times gazetasiga bergan intervyusida, agar kimdir Ukrainaga Qrimni “noharbiy yo‘l bilan” qaytarishni taklif qilsa, buni ma’qullashini aytgan edi. Keyin Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Zelenskiyning bayonotini Rossiya Federatsiyasi hududlarini begonalashtirish haqidagi munozara sifatida qabul qilishini ta’kidladi. "Bunga gap bo‘lishi mumkin emas", dedi u.

2014-yil fevralida Ukrainadagi davlat to‘ntarishidan so‘ng Qrim va Sevastopol hukumati Rossiya bilan birlashish bo‘yicha referendum o‘tkazdi. Unda ovoz berish huquqiga ega bo‘lganlarning 80 foizdan ortig‘i ishtirok etdi, mos ravishda 96,7 foiz va 95,6 foiz Rossiya Federatsiyasi bilan birlashish uchun ovoz berdi. 2014 yil 18-martda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim Respublikasi va Sevastopolni Rossiya -Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi va 21-mart kuni hujjat Federal Majlis tomonidan ratifikatsiya qilindi...