Zilola Shomurodovaga Prezident sovg‘alari topshirildi
30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan barcha shahar va tumanlarda tadbirlar o‘tkazildi. Nurafshon shahri Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan marosimda yosh shoira Zilola Shomurodovaga Prezident sovg‘alari topshirildi.
Zilola yaqinda yurtimiz haqida she’r va samimiy tilaklari bildirilgan xat yozib, Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga yo‘lladi. Ko‘p o‘tmay, davlatimiz rahbaridan Zilola Shomurodovaga javob xati keldi.
Zilolaning otasi Muzaffar Rahimov ustachilik bilan shug‘ullanadi, onasi Lobar Qo‘chqorova uy bekasi.
