Zo‘ravon IIB xodimlariga sud hukmi o‘qildi
Andijon shahrida fuqaroga zo‘ravonlik ishlatib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2020 yil 27 noyabrdagi hukmiga ko‘ra:
D.Hamraliyevga (Andijon shahar IIO FMB 4-IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Q.Qodirovga (Andijon shahar IIO FMB 4-IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
E.Rayimjonovga (Andijon shahar IIO FMB 4-IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
F.Husanboyevga (Andijon shahar IIO FMB 4-IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
P.Mamajonovga (Andijon shahar IIO FMB 4-IIB bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
A.To‘raqulovga (Andijon shahar IIO FMB 4-IIB navbatchilik qismi navbatchisi vazifasida ishlagan) uzil-kesil 1 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 1 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.