30 iyul kuni Toshkentdan Nyu-Yorkga charter reysi amalga oshiriladi
- 27.07.2020 11:39
- 77
- O‘zbekiston

Uzbekistan Airways kompaniyasi 2020 yil 30 iyul kuni «Toshkent — Nyu-York — Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha charter reysni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matubot xizmati xabar qilmoqda.
Jadvalga ko‘ra:
➖ «Toshkent — Nyu-York» — uchish vaqti - 06:45 da, qo‘nish – 11:00 (mahalliy vaqt bilan)
➖ «Nyu-York —Toshkent» — uchish - 13:00 da, qo‘nish – 11:00 da + 1 (mahalliy vaqt bilan).
“Toshkent—Nyu-York” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales‘ning markaziy ofisidan, navbat orqali, yo‘lovchi o‘zining shaxsiy hujjatlarini taqdim etgan holda sotib olishi mumkin. O‘zbekiston fuqarolari uchun — pasport va jo‘nash uchun asoslar, xorijiy fuqarolar uchun — pasport.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yiliga 300 kun yomg‘ir yog‘adigan shaharcha
- 24 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Prezident ta’lim fidoyilari bilan muloqot o‘tkazmoqda
- 45 daqiqa avval
- Ta’lim