Toyloqdagi holat yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi
Kecha internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda “Yakshanba kuni uydan ishga ketayotganligini aytib chiqib ketgan Toyloq tuman soliq inspeksiyasi xodimi yurak xurujidan vafot etdi” sarlavhali materiali e’lon qilindi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘rganilganda D.Normamatov 2019 yil 6 iyul kuni navbatchilikni inspeksiya qorovuli X.Suyarqulovga topshirib, soat taxminan 09:00 da inspeksiya binosidan chiqib ketgan hamda 6-7 iyul kunlari inspeksiya binosiga kelmagan. Buni inspeksiyada o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali ham aniqlash mumkin.
Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari shanba-yakshanba kunlari ishga jalb etilmaydi. Aynan 6-7 iyul kunlari nafaqat marhum D.Normamatov, balki boshqa xodimlar ham inspeksiya rahbariyati tomonidan ishga jalb qilinmagan.
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Xizmat tekshiruvi yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalariga batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.
Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi.