Yulduz Usmonova Janubiy Koreyadagi klinikaga yo‘l oldi (foto)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova turmush o‘rtog‘i bilan Janubiy Koreyaga ketdi.

Bu haqda u  ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. 

Usmonova turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev va o‘zining sog‘lig‘ini tekshirtirish uchun Koreyadagi klinikaga ketayotganini aytib o‘tgan.