Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

14 yoshli vunderkind grant asosida universitet talabasiga aylandi

Kitob tumanida istiqomat qiluvchi 14 yoshni qarshilagan Jasurbek G‘ulomov talaba bo‘lish istagida Qarshi davlat universiteti qabul hay’atiga hujjat topshirgan edi.

Qarshi davlat universiteti matbuot kotibi Oybek Yusupovning xabar berishicha, u barcha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, davlat granti asosida Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabasiga aylandi.

Mitti qalb bilan ulkan orzularni ko‘zlagan qahramonimiz kursdoshlari hamrohligida, mustaqillik darslarida ishtirok etish uchun ilk bora o‘quv auditoriyasiga qadam qo‘ydi.

Hali chehrasidan bolalikning beg‘ubor damlari arimagan Jasurbek G‘ulomovning talabalik davri davomida ulkan zafarlarni qo‘lga kiritishiga ishonamiz. Zero, ona yurtimiz dunyo tamaddunida ilmu zakovati bilan dong taratgan buyuklarga beshik bo‘lgan tabarruk maskandir.