Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2020 yil 1 yanvardan sport maktablari xodimlari va murabbiylarning maoshi oshiriladi

Bugun, 20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq 2019 yil 1 dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari bazasida har 5 yilda attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport maktablari hamda maktab-internatlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

direktor va direktor o‘rinbosarlariga – 1,35 baravarga;

trenerlar, instruktor-metodistlariga – 1,35 baravarga oshirildi.