Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

23 yoshli yigit o‘z hamkasbini pichoqladi

Joriy yilning 9 yanvar kuni soat 02:25larda muqaddam sudlangan 23 yoshli X.U. qo‘shma korxonada o‘zi bilan birga ishlab kelayotgan tanishi 25 yoshli Sh.N. bilan o‘zaro tortishib qolib, yonidagi pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, X.U. jabrlanuvchining ko‘krak qafasi orqa yuzasiga bir necha marotaba zarba bergan.

Dastlabki tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, Sh.N.ning tanasida «chap tomon ko‘krak qafasiga teshib kirgan jarohati» borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.