Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

575 million so‘mlik aksiya haqiqiy hisoblanmagan. Nega?

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi "Ziyovuddin paxta tozalash" aksiyadorlik jamiyatining minoritar aksiyadorlari manfaatlari yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritdi.

Sud 369 nafar minoritar aksiyador foydasiga Paxtachi tumani davlat soliq inspeksiyasidan bo‘lgan 575 243 520 so‘mlik jamiyatning kreditorlik qarzi "Ziyovuddin paxta tozalash" aksiyadorlik jamiyati hisobiga o‘z vaqtida hisob-kitob qilinmagan. Ya’ni, 2012 yil 29 iyunda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan jamiyat ustav jamg‘armasiga qo‘shimcha ravishda chiqarilgan nominal qiymati 1 920 so‘mdan bo‘lgan 299 606 dona egasi yozilgan oddiy naqdsiz shakldagi 575 243 520 so‘mlik aksiyalari joylashtirish muddati ichida haq to‘lanmagan. Natijada ushbu aksiyalar haqiqiy emas, deb topilganligi to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qabul qilingan holda minoritar aksiyadorlarning ushbu aksiyadorlik jamiyati ustav jamg‘armasiga nisbatan  foizi  (ulushi)  bo‘yicha  qonuniy  huquqlari  tiklandi.

Norboy JO‘LMATOV,

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i.