Uchta aksiyador foydasiga 18 million so‘mdan ortiq divident undirildi
Joriy yilning o‘tgan davrida 11 holatda 10 nafar jismoniy va 1 nafar yuridik shaxsdan qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur shaxslarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda murojaatlar mazmunan ko‘rib chiqildi va ijobiy qanoatlantirildi. 3 ta murojaat bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari hisobidan 4 ta aksiyadorlik jamiyati hisob raqamidan aksiyadorlar foydasiga 18 828 950 so‘m dividend to‘landi. Boshqa murojaatlar bo‘yicha aksiyadorlarga qonuniy huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tushuntirishlar, qimmatli qog‘ozlar bozori qonunchiligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
Murojaat tahlillari shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan yilgi murojaatlarning 36 foizi aksiyalarga dividend to‘lanmaganligini tashkil qilgan bo‘lsa, qolgan 64 foizini aksiyadorlarning boshqa qonuniy huquqlari buzilganligi yoki aksiyadorlik jamiyatlari va ularning vakillari tomonidan kapital bozorida o‘zining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha boshqarmadan amaliy yordam so‘ragan murojaatlar tashkil qiladi.
Norboy JO‘LMATOV,
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i.