Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

70 nafar xotin-qizlarga nogironlik aravachasi, reabilitatsiya vositalari topshirildi

Avval xabar berganimizdek, Samarqandda Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Forum o‘tkazilmoqda.

Viloyat Yoshlar markazida o‘tkazilgan anjumanda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, nomzodlar, siyosiy partiyalar faollari, alohida ehtiyojga ega, shuningdek, yetakchi hamda daldaga, ko‘makka muhtoj qizlar ishtirok etdi. Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi vakili G.Asqarova so‘zga chiqib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tar ekan, yaqinda sovrindor qizlarning sammiti o‘tkazilishi, bu borada ularning takliflari inobatga olinishini ta’kidlab o‘tdi.

Forum doirasida 70 nafar xotin-qizlarga nogironlik aravachasi, reabilitatsiya vositalari topshirildi.

- Ikki yilki to‘ng‘ich farzandim vafot etgani uchun qattiq asabiylashib, sog‘ligimni yo‘qotdim, - deydi Nurobod tumanidan kelgan Nazira Isroilova. - To‘rt oy bo‘ldi tuman shifokorlariga murojaat qilgandim. Hozir vazir o‘rinbosarini o‘zi topshirdi, bir piyola choy ichib, darddoshlar bilan suhbatlashib ham oldik.