Xotin-qizlar qo‘mitasi: O‘z tizimidagi muammolarni qo‘rqmasdan OAVda ko‘targan tashkilot
- 31.12.2019 15:20
- 108
- Samarqand
Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasini yil davomida o‘z tizimidagi muammolarni qo‘rqmasdan keng jamoatchilikka olib chiqqan tashkilot sifatida e’tirof etish mumkin.
Nafaqat viloyat, balki respublika ommaviy axborot vositalarida ham tizimga tegishli qator muammolar, jumladan, nechta xotin-qizlarning tazyiqqa uchragani, buning sabablari, shar’iy nikohlarning ko‘paygani, tungi klublardagi qizlar, mardikor xotin-qizlarning muammolari bir necha marta aynan viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Alimovaning tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi. Ko‘tarilgan muammolarning yechimi bo‘yicha ham fikr bildirilishi barobarida, amaliy ishlar ham aytib o‘tildi.
Teglar:
xotin-qizlar qo‘mitasi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 55 daqiqa avval
- Dolzarb