Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Aholining kunlik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetarli

Joriy yilning 1 aprel kuni Zarnews.uz telegram kanali hamda saytida “Nurobodliklar nega e’tibordan chetda?” nomli maqola e’lon qilindi.
Mazkur maqolada keltirilgan ma’lumotlar tuman hokimligi va mutasaddilar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, muammo ijobiy hal etildi.

Bugungi kunda tuman hokimligi tomonidan Jom va boshqa dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilgan bo‘lib, mahsulotlar arzonlashtirilgan narxlarda aholiga sotilmoqda.

Nurobod tumanida aholining kunlik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetarli bo‘lib, taqchillik mavjud emasligini ma’lum qilamiz.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.