AQShda koronavirus oqibatida bir-kecha kunduzda vafot etganlar soni rekord darajaga yetdi
- 03.04.2020 22:45
- 1007
- Xorij
AQShda so‘nggi kecha-kunduzda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni 1169 nafarni tashkil etdi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar bermoqda.
Mazkur ko‘rsatkich bir-kecha kunduzda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha qayd etilgan rekordni yangiladi. Bundan oldin eng yuqori ko‘rsatkich Italiyaga tegishli edi. U yerda 27 mart kuni 969 nafar bemor vafot etgan.
Jons Xopkins universiteti taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, AQShda koronavirus infeksiyasidan 3 aprel holatiga, jami 5926 nafar bemor vafot etgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
To‘ylar baxt maydonimi yoki bahs maydoni
- Kecha, 21:35
- Jamiyat
Maktab o‘quvchilari teatr sahnasida
- Kecha, 13:57
- Afisha