Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bayram oldidan Samarqand shahridagi ko‘chalarga 150 mingdan ortiq gul ko‘chatlari ekildi

Mustaqilligimizning 28 yilligi hamda “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalini ko‘tarinki ruhda kutib olish maqsadida Samarqand shahrida tayyorgarlik ishlari ayni avjida. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qo‘shaloq bayramlar munosabati bilan Samarqand shahridagi asosiy ko‘chalarga 2000 ta bayroqcha, turli ko‘rinishdagi 300 ta banner va 30 taga yaqin temir konstruksiyalar tashkil qilindi. Shu bilan birga, 40 dan ortiq ta’mirga muhtoj ko‘chalarda ta’mirlash ishlari olib borilib, markaziy ko‘chalar bo‘ylab 150 mingdan ortiq gul ko‘chatlari ekildi.

Shodiyona oldidan shahar ko‘chalarida o‘rnatilgan 24 ta katta hajmdagi ekran orqali kunu tun bayram kayfiyatini beruvchi videoroliklarni namoyish etib borish yo‘lga qo‘yildi.