Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bayrut bandargohida kuchli yong‘in yuzaga keldi

Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.

Qizil Xoch tashkilotining Livandagi bosh direktori mahalliy OTV telekanaliga bergan intervyuda Livan poytaxtida yuzaga kelgan yong‘in bandargohdagi chiqindilarning yoqilgani mahsuli ekanini ma’lum qildi.

“Yong‘in erkin savdo bojxona zonasi hududida motor moylari va shinalari saqlanayotgan omborda sodir bo‘lgan. Voqea joyida yong‘in xavfsizligi guruhlari ishlamoqda. Ularga Livan armiyasi vertolyotlari yordam bermoqda”, deyilgan Livan harbiylari va favqulodda vaziyatlar xizmati qo‘shma bayonotida.

Eslatib o‘tamiz: 4 avgust kuni Bayrut bandargohida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida yuzlab binolar vayron bo‘ldi yoki jiddiy shikastlandi, 171 kishi halok bo‘ldi va olti mingdan ortiq odam turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.